Ташкент +4° Fri 15:06
Долзарб мавзулар Foto

Endi yosh oilalar uchun imtiyozli uyga navbat bo`lmaydi...(mi?)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.04.2019, 16:56

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Choshtepa” MFY hududida 150 yosh oilaga “Yoshlar uyi” tantanali topshirildi.

Unda ishtirok etgan muxbirimiz O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi yuridik xizmat bo`limi mudiri Bahrom Ilhomjonovdan “Yoshlar uylari”ning berilish tartibi, yuzaga kelgan navbatlar xususida so`radi.

– Vazirlar Mahkamisining tegishli qarori asosida mamlakat ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yoshlar uchun uy-joylar taqdim etish tartibi belgilangan. Unga muvofiq, “Yoshlar uylari”ni olish uchun nomzodlar asosiy uchta talabga javob berishi kerak bo`ladi, – deydi B.Ilhomjonov. – Birinchi asosiy talab – nomzodlarning yoshi 30 dan oshmagan bo`lishi lozim. Ikkinchi talab – yosh oilalar, ya`ni er yoki xotinning nomida mulk huquqi asosida turar joylarning mavjud emasligi. Uchinchisi – mamlakat ijtimoiy hayotida faolligi, tengdoshlariga namuna bo`lishi, o`z sohasida yutuqlarining mavjudligi. Agar yosh xodimning hali yutuqlari bo`lmasa, o`zi mehnat qilayotgan jamoada obro`ga, tashkilot rahbariyati tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanomaga ega bo`lishi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, bu uylarning oldindan to`lanadigan badal to`lovi Yoshlar ittifoqi tomonidan to`lab beriladigan bo`ldi.

Mazkur qarorga ko`ra, 2018-2021 yillarda har yili respublikamizning barcha hududlarida yoshlar uchun 2149 xonadonli yangi uylar qurilishi rejalashtirilgan.

O`tgan 2014 yildan 2017 yilgacha bo`lgan davrda respublikamizda qariyb ming xonadondan iborat uylar qurilgan. Bu davrda Toshkent shahrida yashovchi 100-150 yosh uy bilan ta`minlangan. Yangi uyga ehtiyoji bor poytaxtlik yoshlar esa o`rtacha 200-250 nafarni tashkil etgan. Shu bois, tabiiyki, yillar davomida navbat to`planib qolgan edi. Bu yil Toshkent shahrida yashayotgan yoshlarga 840 xonadondan iborat ko`p qavatli uylar topshiriladi. Bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, hozirda Toshkent shahrida hisobda turgan yoshlar soni 500 nafarni tashkil etmoqda. Yil oxiriga qadar ularning barchasi yangi uylarga ko`chib o`tishi rejalashtirilgan. Kelgusida qurilayotgan uylar soni ortishi bilan ortiqcha navbatlar ham tugaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa