Ташкент +4° Fri 16:06
Долзарб мавзулар Foto

MIB xodimi mushtumzo`r “qarzdor” tomonidan kaltaklandi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 14.04.2019, 16:17

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo`limi davlat ijrochisi A.X. fuqarolik ishlari bo`yicha Boyovut tumanlararo sudining qarzdor A.Yu.dan undiruvchi ATB “Agrobank” Boyovut filiali foydasiga 10 133 000 so`mlik kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati bo`yicha qarzdorning Guliston shahar “Ahillik” mahalla fuqarolar yig`inidagi yashash manziliga qarzdorlikni undirish maqsadida borgan.

A.X. qarzdorlikni to`lab berishni tushuntirayotgan vaqtida, mast holatda bo`lgan Yu.A. uyi darvozasini qulflab olgan. So`ngra davlat ijrochisi A.X.ni bo`ynidan bo`g`ib, tanasining turli joylariga qo`li bilan urib, oyog`i bilan tepgan. O`ziga nisbatan yuritilgan ijro ishini olib qo`yib, davlat ijrochisi A.X.ni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o`tkazilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa