Ташкент +4° Fri 15:06
Долзарб мавзулар Foto

​Faol siyosiy muloqotlarning izchil davomi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 15.04.2019, 17:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

2.jpg

Oliy martabali mehmon 15 aprel kuni Ko`ksaroyda rasmiy kutib olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma`lum qildi.

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

Ushbu marosimdan so`ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o`tkazdi.

Prezidentimiz Qozog`iston rahbarini O`zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta`kidladi.

7.jpg

– Qozog`iston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni O`zbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat`iy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozog`iston biz uchun yaqin qo`shni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yo`nalishlari bo`yicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Qozog`iston Prezidenti O`zbekistonga taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, muzokaralar samarali o`tishiga ishonishini qayd etdi.

– Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik sifati va amaliy mazmuni haqidagi gaplaringizga to`la qo`shilaman. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich, va Qozog`istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu sur`atni saqlab qolishni o`zimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozog`istonda qardosh O`zbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, – dedi Qasim-Jomart Toqaev.

8.jpg

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperasiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

9.jpg

O`zbekiston va Qozog`iston BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qozog`iston mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo`yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo`yicha ko`p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo`llab-quvvatladi.

Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etishga ko`maklashish masalalariga ham e`tibor qaratildi.

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo`yicha tomonlarning pozisiyalari mos yoki yaqin ekani yana bir bor o`z tasdig`ini topdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa