Ташкент +4° Fri 15:06
Долзарб мавзулар Foto

​Xavfli “suvenir” bojxonachilar nazaridan chetda qolmadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.04.2019, 17:10

Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari jangovar o`qning noqonuniy olib o`tilishiga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

“Toshkent-Moskva” yo`nalishi bo`ylab uchib ketayotgan fuqaro K.M. ning bagaji skaner vositasida tekshiruvdan o`tkazilganda uning ichidagi kichik, deyarli ko`z ilg`amaydigan buyum xodimlar diqqatini tortdi. So`ngra bagaj xolislar ishtirokida ko`zdan tekshirilganda uning ichidan bir dona 7.62 mm li jangovar o`q borligi aniqlandi.

Fuqaroning so`zlariga qaraganda ushbu o`qni u meros sifatida olib ketmoqchi bo`lgan ekan. Ammo, qonun barcha uchun barobar ekanligi yoddan chiqarmaslik lozim.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa