Ташкент +4° Tue 16:45
Долзарб мавзулар Foto

Toshkent viloyatida sayyohlik salohiyati oshmoqda(fotoreportaj)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.04.2019, 19:06

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma`lumotlariga ko`ra, turizm sohasida Fransiya, Xitoy, AQSh, Malayziya, Ispaniya singari mamlaktlar eng yuqori salohiyatga ega. Mutaxassislarning bildirishicha, sayyohlik uchun sarflangan mablag` o`n barobordan ko`proq foyda beradi. O`zbekiston ham shunday salohiyatga ega mamlakat. Shu boisdan Prezidentimiz tashabbusi bilan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi, investisiyalarning o`z vaqtida o`zlashtirilishini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Abdulaziz Akkulov investorlarni qiynayotgan muammolarga echim topish va bu borada mavjud muammolarni samarali hal qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Respublika Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasining ma`lum qilishicha, O`zbekiston 2019 yilda sayohat qilish uchun eng munosib 30 ta davlatdan biri sifatida tavsiya etilgan. Bugungi kunda sayyohlar uchun xalqaro standartlar darajasida yuqori xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, Respublika Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan info-tur ishtirokichlari Toshkent viloyatida qad rostlayotgan “Simma hotel” ma`suliyati cheklangan jamiyatida bo`lishdi.

-Majmua ishga tushishi bilan 50 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratiladi. Viloyatga kelayotgan turistlar oqimi ko`payib borayotganligi sababli yangi mehmonxona ularga xalqaro me`yorlar asosida xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yadi. Ayni paytda faoliyatimizni yana kengaytirish, xizmatlar turini ko`paytirishni mo`ljallamoqdamiz. Bu qo`shimcha ish o`rinlari yaratish imkonini beradi, deydi mehmonxona rahbari Jahongir Rahmonov.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan Parkent tumani Xisorak qishlog`i “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish instituti, Parkent tumani “Sumcha dam olish” maskani, Bo`stonliq tumani “Oqtosh” MFYdagi “Turon resors” MChJ, “Radiks” MChJ tomonidan yangi qurilayotgan sog`lomlashtirish maskani kabi o`nga yaqin majmualar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA