Ташкент +4° Tue 16:45
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda Qozog`iston yili qardoshlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 15.04.2019, 22:40

«O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 15 aprel kuni O`zbekistonda Qozog`iston yilining rasmiy ochilishmarosimi bo`ldi.

Marosimni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ochib, qardosh qozog`istonliklarni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.

- O`zbekistonda Qozog`iston yilining ochilishi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib, ishonch va o`zaro qo`llab-quvvatlash kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu muhim voqea xalqlarimiz o`rtasidagi abadiy va samimiy do`stlik, madaniy va ma`naviy yaqinlik ramzidir, - dedi Shavkat Mirziyoev.



O`zbek va qozoq xalqlari azaldan bir-biriga tayanch bo`lib, qiyinchiliklarni engib o`tgani, bugungi kunda xalqlarimizning umumiy kelajagini ham birgalikda bunyod etayotgani ta`kidlandi.

- Bugungi kun O`zbekiston va Qozog`iston munosabatlarida yangi, tarixiy kun sifatida xalqlarimiz o`rtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi, deb ishonaman, - dedi davlatimiz rahbari.

Ma`lumki, 2018 yilda Qozog`istonda O`zbekiston yili deb e`lon qilingan edi. Ushbu sana doirasida madaniyat, san`at, adabiyot, ilm-fan, turizm va boshqa sohalarda 100 dan ziyod tadbirlar o`tkazildi. Teatr va folklor jamoalari, estrada xonandalarining ijodiy safarlari uyushtirildi. Olmaota shahrida o`zbek adabiyoti kunlari, Taraz, Chimkent, Qizilo`rda, Turkiston shaharlarida o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tdi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 13 martdagi qaroriga muvofiq qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo`nonboev ijodiy merosini o`rganish tashkil etildi. Qozog`istonda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi keng nishonlandi.

Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev O`zbekistonda qozoq tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor uchun minnatdorlik bildirdi. Qozog`iston yili doirasida o`tkaziladigan tadbirlar qardosh xalqlarimiz madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashini qayd etdi.

Mamlakatimizda Qozog`iston yiliga katta tayyorgarlik ko`rildi. Uning doirasidagi tadbirlar san`at, fan, ta`lim va tadbirkorlik sohalari vakillariga o`zaro manfaatli aloqalarni yo`lga qo`yish, bilim va tajriba almashish uchun yangi ufqlar ochadi. Madaniyatlarimiz bir-birini boyitishiga, xalqlarimiz yanada yaqin bo`lishiga xizmat qiladi.

Ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan davom etdi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA