Ташкент +4° Sun 22:21
Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda Milliy umumta`lim elektron kutubxonasi ochildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 18.04.2019, 13:34

Tadbirda Koreya Respublikasi eksport-import banki prezidenti Yun Sung Su, “LG CNS” kompaniyasi prezidenti Kim Yon Sob, diplomatik korpuslar vakillari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi axborot-kutubxona muassasalarini yagona elektron kutubxona tizimiga ulash orqali aholi bilim saviyasi va sifatini oshirishdan iborat. Milliy umumta`lim elektron kutubxonasi elektron kutubxona, raqamlashtirish va skanerlash markazi hamda multimedia markazidan iborat.

photo5314253410498882316.jpg

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning to`rtinchisi, ya`ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish tashabbusiga hamohang bo`lib, kitobxonlik madaniyatini targ`ib qilish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanuvchilarga zamonaviy, sifatli va tezkor xizmat ko`rsatish maqsadida Milliy umumta`lim elektron kutubxonasida multimedia o`quv zallari, video hudud, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maxsus joylar, raqamlashtirish markazi, audio va video studiyalar ishlamoqda.

Raqamlashtirish xonasida turli xil turdagi skaner, mikroplyonka qurilmalari, kesish va elimlash dastgohlari o`rnatilgan. Bu qurilmalar orqali nafaqat umumta`lim elektron kutubxonasi materiallarini balki turli xildagi materiallarni raqamlashtirib, elektron holatga keltirish mumkin. Bu elektron holatdagi ma`lumotlardan e-book tizimi orqali kutubxona foydalanuvchilariga nafaqat bino ichida balki masofadan turib xizmat ko`rsatishni ta`minlaydi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA