Ташкент +4° Sun 14:54
Долзарб мавзулар Foto

ANDIJONDA QO`ShILGAN QIYMAT SOLIG`I ORQALI TUShGAN MABLAG`LAR 122 MILLIARD SO`MGA KO`PAYDI

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 18.04.2019, 14:29

190 milliard 579 million so`m. Bu ko`rsatkich joriy yilning 1 – choragida Andijon viloyatida qo`shilgan qiymat solig`i orqali tushgan mablag`. O`tgan yilning xuddi shu davrida ushbu soliq turi to`lovchilar davlat byudjetiga 68 milliard 410 million so`m hissa qo`shgan edilar.

Adolatlilik tamoyili asosida olib borilgan soliq islohotlari natijasida viloyatda qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari soni 510tadan 1615taga ortib, 2125 tani tashkil etmoqda.



Shulardan 1736 tasi yoki 82 foizi qo`shilgan qiymat solig`ining umumlashtirilgan tartibda to`lovchilari hisoblanadi. 389tasi qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibida faoliyat yuritmoqda.



Prognoz ko`rsatkichlariga ko`ra, ushbu soliq turining yillik tushumi 745 milliard so`mdan ortishi kutilmoqda.



Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi
jamoatchilik bilan aloqalar va
huquqiy axborot sho``basi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии