Му5
48

“Surpa” so`zning ma`nosi nima?

Jamiyat 21.04.2019, 12:00
1292
“Surpa” so`zning ma`nosi nima?

To`rtta inshootdan iborat bu maskan 76 xona hamda 2 tadan xonaga ega 28 ta villaga ega. U bir paytning o`zida uch yuz nafardan ortiq mehmonga xizmat ko`rsatishga moslashgan. Kelgan sayyohlarni hayratlantirish, ularga manzur bo`lish uchun eng kichkina jihatlarga ham alohida e`tibor qaratilgan. Xususan, foydalaniladigan ichimlik suvi xlorsiz, ya`ni tog` buloqlarining suvi bo`ladi.

Dunyo standartlari asosida plyus besh yulduzli mehmonxona talablari asosida barpo etilayotgan majmuada nafaqat madaniy dam olish, balki nafas yo`llari kasalliklari bilan xastalangan bemorlar davolanishi uchun ham sharoitlar bor.

Eng qizig`i, bu erda foydalaniladigan har bir buyum tabiatga mos bo`lishi uchun yog`och va taxtadan tayyorlanmoqda. Farzandlari bilan kelgan oilalar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.

Bu qaysi davlatda ekan, deb qiziqib qoldingizmi? U ispaniyalik mutaxassislar loyihalashtirgan O`zbekistondagi birinchi mehmonxona hisoblanadi.

photo_2019-04-20_19-04-08.jpg

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Oqtosh” MFY da barpo etilayotgan “Turon resort SPA” mehmonxonasining birinchi bosqichi shu yilning iyun oyida ishga tushirilsa, sentyabrda esa to`liq foydalanishga topshirilishi mo`ljallanmoqda.

Hademay, tog`ning baland cho`qqilariga deyarli etay deb qolganingizda, qarshingizdan mahobatli, zamonaviy va o`zgacha dizayndagi binoga duch kelasiz. Go`zal tabiat manzarasi, tog`ning salqin va musaffo havosiga hamohang tarzda majmuada taklif etilayotgan xizmatlar mahalliy va xorijiy sayyohlarga manzur bo`lishi tayin.

– Mehmonxonada xavfsizlik masalalari ham alohida e`tiborga olingan va shahardan uncha uzoq bo`lmagan masofani tanlangani ham foydalanuvchilar uchun qulaylikdir, – deydi majmua rahbari Abdurasul Abduxalilov. – To`liq ishga tushganimizda mahalliy aholi uchun 80 ta yangi ish o`rni yaratiladi.

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilga qadar viloyatda ikki yuzga yaqin mehmonxona qurib, ishga tushirilishi kutilmoqda.

Ulardan yana biri – Bildirsoy hududida o`ziga xos dizayn asosida bunyod etilgan “Tibet” sanatoriy-mehmonxonasidir.

photo_2019-04-20_19-04-09.jpg

Agarda gap tog`ning musaffo havosi va hududdagi dorivor o`simliklardan unumli foydalanish haqida borar ekan, bu borada sanatoriy-mehmonxonasining o`rni alohida. Besh qavatli ushbu majmuada ayni paytda jihozlash ishlari yakuniga etkazilmoqda. Bu erda bir vaqtning o`zida 120 nafar kishi dam olib, o`z sog`lig`ini tiklashi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

– Majmuani qurish, jihozlash va hududini obodonlashtirish ishlariga 45 milliard so`m mablag` sarflandi, — deydi loyiha tashabbuskori, “Radiks” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori Abdug`afur Karimov. – Unda asosan asab, umurtqa churrasi va bo`g`im kasalliklariga shifo bo`luvchi maxsus muolaja kurslari olib boriladi. Shuningdek, bu erda xorijdan olib kelingan shifobaxsh balchiqdan ham keng foydalaniladi. Bundan tashqari, xalq tabobati asosida hududdagi mineral tuzlarga boy buloq suvlari, shifobaxsh giyohlar asosida ham maxsus vannalar qabul qilish mumkin.

Ayni vaqtda mazkur tumanda bu kabi dam olish majmualari soni ko`p. Ulardan yana biri “Surpa”. Bunday g`alati so`zning ma`nosi nima? Qanday ma`noni anglatadi, degan savolga majmua ta`sischilaridan biri shunday javob berdi.

– Bobom tilshunos bo`lgani uchun majmuaga nomni uzoq maslahatlashuvlardan keyin tanlashga to`g`ri kelgan, – deydi Uyg`un Kamronov. – Bunda so`zning jarangi, qiziqligi va ma`nosiga e`tibor qaratilgan. Shunda Jizzax tomonlarda o`tirib dam oladigan supa, ya`ni so`rini surpa, deyilishi hisobga olinib, majmuaga mana shu nomni berganmiz.

photo_2019-04-20_19-04-11.jpg

Шарҳлар