Долзарб мавзулар Foto

Gitlerning noma`lum fotosuratlari topildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 21.04.2019, 12:48

AQSh arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasi mutaxassisi Richard Shnayder Adolf Gitlerning 1270 dan ortiq suratlarini e`lon qildi, deya xabar qilmoqda The Washington Post nashri.

Ushbu suratlar Gitlerning shaxsiy fotosuratchisi Genrix Gofman tomonidan tarixga muhrlangan.

Shnayder Gitlerning tasviri tushirilgan 41 mingdan ortiq shisha, fotoplastinkalarni qo`ldan o`tkazgan, ammo ularning ko`plarini tiklay olmagan. Oqibatda Gitlerning noyob va ilgari noma`lum bo`lgan suratlari tiklangan.

Xususan, fyurerning nemis ovcharkasi bilan suratga tushgan rasmi topilgan. Fotosurat 1923 yilga tegishli.

Gitlerning ushbu suratlari tez orada Internet tarmog`iga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA