Ташкент +4° Wed 03:36
Долзарб мавзулар Foto

Jasur Umirov bezoriligi uchun 15 sutkaga qamaldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 27.04.2019, 10:11

O`zbekistonlik qo`shiqchi Jasur Umirov o`z tanishiga tahdid qilgani uchun sud qilindi va unga nisbatan ma`muriy qamoq jazosi belgilandi.

Kun.uz manbasi ma`lumotiga ko`ra ko`ra, Jasur Umirov 2018 yilning 18 noyabr kuni tungi soat 03:00larda mast holatda H.Q.ning xonadoniga o`zining «Kaptiva» rusumli avtomashinasida borgan. Shaxsiy adovati bo`lgani bois uning darvozasiga bir necha marta avtomashinasining oldi qismi bilan urgan. Darvozaga shikast etkazgan, jabrlanuvchini haqoratlagan va qo`lidagi pichoq bilan qo`rqitgan.

«24 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman ma`muriy sudi tomonidan 1986 yil Samarqand viloyatida tug`ilgan Jasur Umirovga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi doirasida sud ishi ko`rib chiqildi», manba ma`lumotida.

Sudda Jasur Umirov aybiga to`liq iqror bo`lgan - rostan ham o`zi bilan olib yuradigan pichog`i bilan tanishini qo`rqitib haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida o`zi yoqtirgan qizni unga turmushga berishmayotganini ko`rsatgan. Lekin qilgan ishidan afsusdaligini bildirib, suddan engillik so`ragan.

Sud estrada yulduzi Jasur Umirovni MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Unga 15 (o`n besh) sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes