42

​Markaziy bankka yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat 13.05.2019, 11:56
957
​Markaziy bankka yangi rahbar tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Namangan viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda "Namangan 24" nashri ma`lum qilmoqda.

Markaziy bank boshqaruvi raisining buyrug`iga binoan G`aybullo Hamidullaevich Vohidov 2019 yilning 8 mayidan e`tiboran O`zmarkazbank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig`i sifatida ish boshladi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Ilyosjon No``monovich Jo`raevni almashtirdi.

Ma`lumot o`rnida, G`aybullo Vohidov 1984 yil 23 sentyabr kuni Namangan tumanida tug`ilgan. 2008 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2012 yili esa Toshkent moliya institutitini tamomlagan. Mutaxassisligi menejer-iqtisodchi. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a`zosi. Oilali, 2 nafar farzandning otasi.

Qayd etish joiz, G`aybullo Vohidov Hukumat tomonidan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida va sifatli ijrosini ta`minlab, viloyat miqyosida o`tkaziladigan barcha tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

G`aybullo Vohidov mehnat faoliyatini 2004 yili aksionerlik tijorat “Paxtabank” (hozirgi “Agrobank”) Toshbuloq filialida boshlagan. U ish faoliyati davomida ushbu bankning Namangan tumani va viloyat filiallarida turli vazifalarda, shuningdek, Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasida pul muomalasini tartibga solish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig`i, “Asaka” bank Namangan viloyati filiali boshlig`i, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi bo`limi boshlig`i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2018 yildan hozirgi vaqtda qadar Namangan viloyati hokimligining iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Namangan24.uz” sayti O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan G`aybullo Hamidullaevich Vohidovga yangi mas`uliyatli vazifada mustahkam salomatlik, kuch-g`ayrat, shijoat va ulkan zafarlar tilaydi.

Комментарии