Долзарб мавзулар Foto

​O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva 89 yoshida vafot etdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.05.2019, 22:23

Bugun, 14 may kuni taniqli teatr va kino aktrisasi, O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva 89 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda telejurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, Yayra Abdullaeva 1930 yili Toshkentda tug`ilgan. 1950 yildan hozirgi O`zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. 1964 yili O`zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 1998 yili «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Taniqli o`zbek aktrisasi Yayra Abdullaeva 1930 yilda Toshkentda tug`ilgan. Ijodiy faoliyatini 1944—1945 yillarda Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar ansamblida boshlab, 1950 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutini tugatgan.

1950 yildan Hamza nomidagi O`zbek Davlat (hozirgi O`zbek Milliy) akademik drama teatrida ishlab, Gulnor (“Qutlug` qon”), Gulbahor (“Boy ila xizmatchi”), Qorasoch (“Yulduzlar jamoli”), Eleyn (“Qonli sarob”), Katerina (“Momaqaldiroq”), Milfordxonim (“Makr va muhabbat”), Xemnolini, Kamola, Xemenkori (“Gang daryosining qizi”), Maryam (“Jazoir – mening Vatanim”) kabi o`nlab rangbarang obrazlarni yaratdi.

"Darakchi.uz" tahririyati marhumaning oila a`zolari, yaqinlari va do`stlariga hamdardlik bildiradi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA