Ташкент +4° Fri 14:01
Долзарб мавзулар Foto

Aliment to`lashdan bo`yin tovlaganlarga jazo qo`llanilmoqda

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 15.05.2019, 09:49

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining 13.10.2006 yildagi ajrimiga asosan qarzdor M.Ibragimovdan undiruvchi Q.Allanazarovna foydasiga uch nafar voyaga etmagan farzandlari moddiy ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor M.Ibragimov muqqaddam aliment to`lamaganligi uchun jinoyat ishlari bo`yicha Hazorasp tuman sudining hukmiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lsa-da, o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan davlat ijrochisining aliment pullarini o`z vaqtida to`lashi to`g`risida bir necha marotaba bergan ogoxlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlab kelgan.

Natijada, M.Ibragimovning alimentdan qarzi 01.04.2019 yil holatiga 15.689.197 so`mni tashkil qilgan.

O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasida “Moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash, ya`ni ularni moddiy jihatdan ta`minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag`ni jami bo`lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to`lamaslik, — o`n besh sutka muddatga ma`muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma`muriy qamoq qo`llanilishi mumkin bo`lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi” deb ko`rsatilgan.

Shunga asosan, M.Ibragimovga nisbatan to`langan hujjatlar uning javobgarlik masalasini hal qilish uchun Hazorasp tuman ma`muriy sudiga o`tkazilgan.

Hazorasp tuman ma`muriy sudi tomonidan M.Ibragimovga nisbatan to`plangan hujjatlarni mazmunan ko`rib chiqilib, uning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasidan nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo`lganligi sababli unga nisbatan 15 kun muddat qamoq jazosi qo`llanildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии