41

115 million so`mlik pista mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jamiyat 15.05.2019, 23:30
391
115 million so`mlik pista mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Namangan viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Uychi tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida tumandagi mahallalardan birida istiqomat qiluvchi fuqaro S.I.ning qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlaydigan ombori xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu omborda xorijda etishtirilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan qariyb 115 million so`mlik 2867 kilogramm pista mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Комментарии