Му5
46

​Yuk mashinasiga 720,5 million so`mlik televizorlar ortilgan ekan

Jamiyat 15.05.2019, 23:32
429
​Yuk mashinasiga 720,5 million so`mlik televizorlar ortilgan ekan

Bojxonachilar tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib bormoqdalar.

Jumladan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida “Qo`qon-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro T.S boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, avtomashinada 2 xil turdagi qiymati 11,3 million so`mlik elektr plita va ventilyatorlar ortiga 138 dona qiymati 720,5 million so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo`lmagan televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар