Ташкент +4° Fri 13:01
Долзарб мавзулар Foto

​Muzey – tarix ko`zgusi, tarbiya maskani

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.05.2019, 23:34

Barchamizga ma`lumki, muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g`urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

1977 yilda Xalqaro Muzeylar kengashining Bosh konferensiyasi qarori bilan “18 may – Xalqaro muzeylar kuni” deb e`lon qilingan. Ushbu kunni mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan muzeylar ham keng nishonlab kelishadi.

Yoshlarni o`z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, hamda ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuyg`ularini shakllantirish hamda“18 may – Xalqaro muzeylar kuni”munosabati bilan Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona institutida O`zbekiston tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Muzey – tarix ko`zgusi, tarbiya maskani” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktoriJannat Ismailova, O`zbekiston tarixi davlat muzeyi bo`limi boshlig`i, tarix fanlari nomzodi Alfiya Musakaeva, O`zbekiston tarixi davlat muzeyi bo`lim boshlig`i, tarix fanlari nomzodi Alisher Ismoilovlar tomonidan bugun mamlakatimizda muzeyshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muzeylarning umuminsoniyat madaniy, ijtimoiy rivojidagi ahamiyati to`g`risida to`xtalib, O`zbekiston tarixi davlat muzeyi faoliyati, undagi eksponatlar haqida ma`ruza qildilar. Tadbir davomidaO`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.Ismailova tomonidan institut kutubxonasiga muzey ilmiy xodimlari muallifligidagi kitoblar tuhfa qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии