Му5
48

Aliment to`lashdan qochgan «ota» qamaldi!

Jinoyat 16.05.2019, 16:00
1516
Aliment to`lashdan qochgan «ota» qamaldi!

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman bo`limitomonidan voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment puli to`lashdan bo`yin tovlab yurgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko`rilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman bo`limi ish yurituvida mavjud bo`lgan ijro hujjatlaridan biri,Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchquduq tuman sudining 22.03.2017 yildagi sud buyrug`iga ko`ra qarzdor A.Volosnikovdan undiruvchi I.Bagdanovaning bir nafar voyaga etmagan farzadining moddiy ta`minoti uchun 01.05.2019 yilga qadar to`lanishi lozim bo`lgan aliment miqdori 9 800 000 so`mni tashkil qilgan.

Qonunchilikdagi o`zgartirish va qo`shimchalarga ko`ra o`z farzandining taqdiriga befarq bo`lgan otalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga ko`ra moddiy yordamga muxtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash, ya`ni ularni moddiy jihatdan ta`minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag`ni jami bo`lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to`lanmaslik, o`n besh sutka muddatga ma`muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma`muriy qamoq qo`llanilishi mumkin bo`lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

Bunga ko`ra, Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman bo`limi davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari natijasida Uchquduq tuman ma`muriy sudining 13.05.2019 yildagi qaroriga asosan A.Volosnikovga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga ko`ra 7 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Шарҳлар