Ташкент +4° Wed 13:37
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda zilzila sodir bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.05.2019, 10:53

17 may kuni tongda O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga asoslanib, "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2019 yil 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 05:39da (17.05.2019 00:39 Grinvich bo`yicha) O`zbekistonda er silkinishi sodir bo`lgan.

Koordinatalar 38,13 gradus shimoliy kenglik, 67,50 gradus sharqiy uzunlikda qayd qilingan. Zilzila magnitudasi M=3,8ni tashkil qilgan. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa janubiy yo`nalish bo`yicha 378 km.ni tashkil etgan.

O`zbekiston hududida er silkinishi Termizda (103 km) 2 ballni tashkil etgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes