Долзарб мавзулар Foto

MIB Surxondaryoda Latviyalik tadbirkorga qarzini undirib berdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 17.05.2019, 15:42

Latviya davlatining “ARENA TRANSPORT” mas`uliyati cheklangan jamiyati xalqaro yuk tashish xizmatini ko`rsatish bilan shug`ullanib keladi. Ushbu jamiyat Jarqo`rg`on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “CHINNI OY SERVIS” MChJ bilan o`zaro shartnoma tuzib, 6400 AQSh dollari miqdorida xizmat ko`rsatgan.

Taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ko`rsatilgan xizmatlari uchun 2018 yil 15 fevralda 1000 AQSh dollari miqdorida to`lov amalga oshirilgan va “CHINNI OY SERVIS” MChJning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida 5400 AQSh dollari miqdorida chet ellik tadbirkordan qarzdor bo`lib qolgan.

Mazkur xolat Denov tumanlararo iqtisodiy sudida ko`rib chiqilib, “ARENA TRANSPORT” MChJ foydasiga “CHINNI OY SERVIS” MChJ dan 5.400 AQSh dollari miqdorida asosiy qarz, 1.280 AQSh dollari miqdorida penya hamda oldindan to`langan 1.047.818 so`m davlat boji undirish to`g`risidagi qaror qabul qilingan.

MIBning Jarqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida,qarzdordan 55 million so`m undirildi hamda ushbu pullar konvertasiya qilinib, ya`ni 6.040 AQSh dollari undiruvchining Latviyadagi hisob raqamiga 2019 yilning 14 may kuni o`tkazib berildi.

Ijro harakatlari davom etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA