Долзарб мавзулар Foto

​Fattoh Shodiev: “Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali ochilishini orzu ham qilmagan edik”

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.05.2019, 12:46

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahri Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda 32 mamlakatning hukumat, parlament a`zolari, siyosatchilar, diplomatlar, yirik xorijiy kompaniyalar rahbarlari va MDXMI vakillari qatnashmoqda. Ularni Rossiyadagi eng nufuzli oliy ta`lim muassasasi - MDXMIda kechgan talabalik yillari birlashtirib turadi.

Forumning ochilishida Evroosiyo banki direktorlar kengashi, MDXMI Vasiylik kengashi a`zosi, “Eurasian Resurces Group” kompaniyasi asoschilaridan biri Fattoh Shodiev ham so`zga chiqdi.

F.Shodievning qayd etishicha, 75 yillik tarixga ega MDXMI ning ilk to`laqonli filiali aynan Toshkentda ochilayotgani O`zbekiston-Rossiya munosabatlarida o`ziga xos voqelikdir.

- Men ushbu ta`lim dargohida eng yaxshi talabalik yillarimni o`tkazganman, - dedi F.Shodiev. - Biz o`zbek bitiruvchilari bir kun kelib Toshkentda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining filiali ochilishi mumkinligini orzu ham qilmagandik. Bu O`zbekiston yoshlari uchun katta imkoniyatdir. Men bundan juda-juda mamnunman!

Bugungi qadar MDXMIni 400 dan ziyod vatandoshimiz bitirgan. Ular orasida davlat arboblari, olimlar, yirik ishbilarmonlar bor. Ikkinchi jahon urushi faxriysi, olim Qo`chqor Xonnazarov, “USM Holdings” asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Alisher Usmonov, Evroosiyo banki direktorlar kengashi a`zosi, “Eurasian Resurces Group Sa.r.I” (“ERG”) kompaniyasi asoschilaridan Fattoh Shodiev shular jumlasidan.

Ma`lumot o`rnida, joriy yilning 15 iyunidan MDXMIning Toshkent filialga qabul boshlanadi, dastlabki o`quv yili uchun bakalavriat va magistratura yo`nalishlari bo`yicha 75 ta talaba qabul qilish rejalashtirilgan.


Malohat Husanova, O`zA

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA