Ташкент +4° Wed 13:37
Долзарб мавзулар Foto

Kattaqo`rg`onda qarzdor otaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 20.05.2019, 12:36

Fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor A.Suyarov tomonidan undiruvchi I.Qurbonovaning foydasiga bir nafar farzandining voyaga etguniga qadar moddiy ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to`rtdan bir qismi miqdorida aliment pulini to`lab borishi belgilangan.

Aliment pullari qarzdor A.Suyarov tomonidan qasddan to`lab berilmaganligi sababli Kattaqo`rg`on tuman ma`muriy sudining qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 47-4-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fuqaro A.Suyarov ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqib, o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, qasddan voyaga etmagan farzandini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlab kelishi oqibatida bugungi kunga kelib qarzdorligi 19 mln. 966 ming so`mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan fuqaro A.Suyarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes