Долзарб мавзулар Foto

Samvel Babayan oradan 1,5 yil o`tib yana bosh murabbiylikka qaytmoqda

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 22.05.2019, 23:08

Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri yozmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, «temiryo`lchilar» rahbariyati jamoaning so`nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste`foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o`rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma`lumot chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyaev o`rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan 2019 yil fevral oyidan buyon «Loko» tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, aniqrog`i 2018 yil yanvarda O`FA (o`sha vaqtlarda O`FF) tomonidan Samvel Babayan umrbod o`zbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil o`tib, Babayanning diskvalifikasiyasi ikki haftadan so`ng bekor qilingani ma`lum bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA