Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston va Belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik imkoniyatlarini namoyish etdi (Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 22.05.2019, 23:29

“G`urumsaroy” dala-o`quv maydonida “Jangovar hamdo`stlik–2019” shiori ostida kechayotgan O`zbekiston–Belarus maxsus bo`linmalari harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi maxsus taktik-o`quv mashg`ulotlariga tayyorgarlik davom etmoqda.

21-22 may kunlari har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli dushman garovga olgan bir necha shaxslarni qutqarish hamda noqonuniy qurollangan to`dalarning qurolli harakatlariga favqulodda barham berish maqsadida ularning qarorgohiga qo`qqisdan hujum qilish operasiyasini amalga oshirish bo`yicha maxsus taktik-o`quvlariga tayyorgarlik mashqlarini bajarishdi.

“Maxsus taktik-o`quv mashg`ulotiga tayyorgarlik davomida shartli dushman o`rnashgan hududga yorib kirish hamda ularni butkul tor-mor qilish uchun ikki mamlakat maxsus kuchlari bo`linmalari harbiy xizmatchilariga qisqa muddat vaqt ajratiladi. Bunda ular, eng avvalo, hujum rejasi va o`z pozisiyalarini a`lo darajada ado etishlari lozim. Ayni damda kechayotgan tayyorgarlik mashg`ulotlari har ikki mamlakat harbiylarining dastlabki ko`nikmalarini shakllantirmoqda”, – deydi mayor Rasulxon Ahmedov.

Jangovar hamdo`stlik harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirhli texnikalar orqali yorib kirish, guruhlarga bo`lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to`dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida hujum guruhiga qanotlardan yordamga o`tish mashg`ulotlarida belgilangan vazifalarni o`zlashtirishdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida o`zbek–belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg`ulotlari bo`yicha o`zlarining amaliy ko`nikmalarini namoyish etdi. Mehmon harbiylar Vatanimiz himoyachilari tomonidan yasalgan tuzoqlar, bir va bir necha kunlik boshpanalarni o`zlashtirish barobarida, o`z tajribalari bilan ham o`rtoqlashishdi.

Hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlari yuqori kayfiyat va do`stona munosabatda davom etmoqda. Ertaga, 23 may kuni mashg`ulotlarning asosiy qismi bo`lib o`tadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA