Ташкент +4° Wed 13:37
Долзарб мавзулар Foto

​O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.05.2019, 07:47

O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma`qullangan

1-modda. O`zbekiston Respublikasining1993 yil 3 sentyabrdaqabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi
938–XII-sonliQonuniga(O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4–5, 74-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda) quyidagi o`zgartishlar kiritilsin:

1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi «sakkiz barobari» degan so`zlar «o`n barobari » degan so`zlar bilan almashtirilsin;

2) 31-moddaning oltinchi qismidagi «sakkiz barobaridan» degan so`zlar «o`n barobaridan» degan so`zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida»gi 265–I-sonli Qonunining (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 128-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 5,
89-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 10, 473-modda; 2010 yil, № 5, 177-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 6,
300-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 41-moddasiga quyidagi qo`shimcha
va o`zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to`ldirilsin:

«Tibbiy ma`lumotga ega bo`lmagan shaxslar ham O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalash bo`yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`ladilar»;

ikkinchi oltinchi qismlar tegishincha uchinchi ettinchi qismlar deb hisoblansin.

3-modda. O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat bojxona xizmati to`g`risida»gi 472I-sonli Qonuniga (O`zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrda qabul qilingan
O`RQ502-sonli Qonuni tahririda) (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 10, 678-modda) quyidagi o`zgartishlar va qo`shimcha kiritilsin:

1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona instituti» degan so`zlar «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi)» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

2) 13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi
«Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

3) 16-modda to`qqizinchi qismining to`rtinchi xatboshisidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

4) 17-modda:

quyidagi mazmundagi to`rtinchi qism bilan to`ldirilsin:

«Bojxona institutining boshlig`i O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi»;

to`rtinchi o`n to`rtinchi qismlari tegishincha beshinchi o`n beshinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi «birinchi va uchinchi qismlarida» degan so`zlar «birinchi, uchinchi va to`rtinchi qismlarida» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

5) 18-moddaning:

birinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

to`rtinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

6) 22-moddaning o`n oltinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

7) 23-moddaning to`rtinchi va o`n sakkizinchi qismlaridagi
«Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

8) 26-moddaning birinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin;

9) 32-moddaning ikkinchi qismidagi «Oliy harbiy bojxona» degan so`zlar «Bojxona» degan so`z bilan almashtirilsin.

4-modda. O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida»gi 522–II-sonli Qonuniga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi o`zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda uchinchi qismining:

to`rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi, oltinchi va ettinchixatboshilari tegishincha to`rtinchi, beshinchi va oltinchixatboshilar deb hisoblansin;

to`rtinchi xatboshisidagi «mas`ul qo`mitaning» degan so`zlar «qonun loyihasini dastlabki tarzda ko`rib chiqish uchun mas`ul bo`lgan qo`mitaning (bundan buyon matnda mas`ul qo`mita deb yuritiladi)» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

2) 7-moddaning uchinchi qismidagi «qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «korrupsiyaga qarshi kurashish
va sud-huquq masalalari» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

3) 81-modda chiqarib tashlansin;

4) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi Spikeri mas`ul qo`mitani belgilaydi, qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni mas`ul qo`mitaga
va, bir vaqtning o`zida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi, shuningdek fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas`ul qo`mita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi»;5) 14-moddaning uchinchi qismidagi «agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bo`lmasa» degan so`zlar chiqarib tashlansin;

6) 19-moddaning uchinchi qismidagi «Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib» degan so`zlar «Qonunchilik palatasi Spikeri» degan so`zlar bilan almashtirilsin.

5-modda. O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida»gi 523–II-sonli Qonuniga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4,
101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil,
№ 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi o`zgartishlar kiritilsin:

1) 7-moddaning uchinchi qismidagi «qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

2) 321-moddaning to`rtinchi qismidagi «Qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

3) 328-moddaning to`rtinchi qismidagi «Qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» degan so`zlar bilan almashtirilsin.

6-modda. O`zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O`RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12,
772-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431, 433-moddalar; 2019 yil, № 1, 1-modda) 70-moddasi birinchi qismi 3-bandining ettinchi xatboshisidagi «Sof ichimlik suvi» degan so`zlar «Suv ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish» degan so`zlar bilan almashtirilsin.

7-modda. O`zbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to`g`risida»gi O`RQ–403-sonli Qonuniga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil № 6, 300-modda;
2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3,
157-modda) quyidagi o`zgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning beshinchi qismidagi «Qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» degan so`zlar bilan almashtirilsin;

2) 19-moddaning to`rtinchi qismidagi «Qonunchilik va sud-huquq masalalari» degan so`zlar «Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» degan so`zlar bilan almashtirilsin.

8-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o`rtasida tushuntirilishini ta`minlasin.

9-modda.Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev

Toshkent shahri,

2019 yil 22 may

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes