Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston va Germaniya qishloq xo`jaligi ekinlarini sinash sohasida yangi kelishuvga erishdi (Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 24.05.2019, 17:01

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash markazi mutaxassislari (direktor o`rinbosari M.Murtalibov, bo`lim boshliklari F.Mamasoliev va I.Boltaev, Namangan viloyatidagi Mingbulok nav sinash uchastkasi boshlig`i N. Kavlonov) Germaniyaning Gannover shahrida bo`lib, “Bundessortenamt” qishloq xo`jaligi ekinlarini sinash federal markaziga tashrif buyurishdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash markazi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tashrif davomida “Bundessortenamt” qishloq xo`jaligi ekinlarini sinash federal markazi prezidenti Udo fon Kryoxer qishloq xo`jaligi navlari, ya`ni xo`jalik belgilarini baholash – (VCU), qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini huquqiy himoya qilish (DUS) sinovlarini olib borish yuzasidan amaliy tajribalar almashdi.

Tashrif davomida mutaxassislar Magdeburg nav sinash stansiyasida bo`lishdi. Mazkur stansiya 60 gektar maydonga ega bo`lib, bu erda qariyb 1500 ga yaqin yangi ekin navlari yuqori texnika va texnologiyalar orkali Bundessortenamt qo`llanmasi asosida sinovdan o`tkazilmoqda. Shuningdek, Germaniyada barcha kishlok xujalik ekinlari navlari majburiy sinovdan 22 ta nav sinash stansiyalarida o`tkazilib, undan keyingina navlar sinov natijasiga asosan milliy ro`yxatga kiritiladi xamda ishlab chiqarishga joriy qilish bo`yicha tartib o`rnatilgan.

Shu bilan birga nav sinash ishlariga Davlat tomonidan yiliga 22 mln evro ajratiladi va byudjet tomonidan to`liq moliyalashtiriladi. Sinov ishlari pullik xizmat asosida amalga oshirilishi xamda ushbu tashkilot Germaniya qishloq xo`jaligini rivojlantirishda o`rni juda katta ekanligi malum bo`ldi.

-Ushbu tashrif natijasida O`zbekiston-Germaniya qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ikki tomonlama hamkorlikka oid memorandum imzolanishiga va Germaniyaning ilgor tajribasini urganish kelishib olindi, deydi Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jalik ekinlari navlarini sinash markazi direktori o`rinbosari Mirjamshid Murtalibov. – Shuningdek, hamkorlikda ikki mamlakat iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni joriy kilish hamda bu borada mutaxassislarning tajriba almashishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga Germaniya qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat vazirligining Milliy va xalqaro darajali muvofiqlashtirish markazi koordinatori doktor Stefan Xaffke sohaga oid hamkorlik aloqalariga ishonch bildirdi.

Eslatib o`tamiz, joriy yil yanvarda Berlinda O`zbekiston-Germaniya iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni joriy kilish hamda bu borada ikki mamlakat tajribasini qo`llash masalalariga bag`ishlangan uchrashuvda ilk hamkorlik aloqalari o`rnatilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA