Му5
44

Qozog`istonlik tennischi Germaniyadagi turnir g`olibi bo`ldi

Sport 26.05.2019, 13:23
1283
Qozog`istonlik tennischi Germaniyadagi turnir g`olibi bo`ldi

Germaniyaning Nyurnberg shahrida tennis bo`yicha WTA turkumiga kiruvchi “Nürnberger Versicherungscup” turniri yakunlandi.

Umumiy sovrin jamg`armasi 250 ming dollardan iborat ushbu turnirda bosh sovrinni qozog`istonlik Yuliya Putinseva qo`lga kiritdi. U finalda sloveniyalik raketka ustasi Tamara Zidanshekni uch setda 4/6, 6/4, 6/2 hisoblariga mag`lub etdi. Bu 24 yoshli Putinseva uchun WTA turnirlaridagi ilk g`alabasidir.

Ayni vaqtda dunyo reytingida 39-o`rinni egallab turgan Yuliya Nyurnbergdagi g`alabasi evaziga o`z shaxsiy jamg`armasini 34 677 evroga boyitib oldi va 250 reyting ochkosini qo`lga kiritdi. Bu natija orqali Putinseva ertaga e`lon qilinadigan WTAning yangi haftalik reytingida biryo`la 11 pog`onaga yuqorilab, 28-o`rinni egallaydigan bo`ldi.

Шарҳлар