Ташкент +4° Wed 01:14
Долзарб мавзулар Foto

“Bunyodkor”dan ishonchli g`alaba, “Navbahor” esa yana ochko yo`qotdi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 26.05.2019, 13:25

Kecha O`zbekiston superligasida 10-tur o`yinlari boshlandi. Turning dastlabki bahsida “Surxon” hamda yaqindagina bosh murabbiyini iste`foga chiqargan “Qo`qon-1912” jamoalari to`qnash keldi.

Bir muddatlik omadsizliklardan keyin yana o`z o`yinini topib olgan termizliklar bu safar ham muxlislarini xushnud etishdi. Uchrashuv boshida, aniqrog`i 10-daqiqada “Surxon” a`zosi Abdul-Aziz Yusupov hisobni ochdi.

Ammo 22-daqiqaga kelib qo`qonliklar muvozanatni tikladi, to`p muallifi Suhrob Berdiev bo`ldi. Ushbu natija deyarli o`yin oxirigacha saqlanib turdi. Biroq, o`yin oxirlarida mehmonlar o`z jarima maydoni ichida o`yin qoidasini buzishdi va hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Darko Stanoevich aniq bajarib, “Surxon”ga muhim g`alabani keltirdi.

10-turning yana bir o`yini Namanganda bo`lib o`tdi. Unda “Navbahor” klubi “Andijon”ni qabul qildi. Uchrashuv “derbi” nomiga xos tarzda murosasiz tarzda kechdi va yakunda tomonlar durangga imzo chekishdi. Avvaliga 18-daqiqada mehmonlar vakili Ro`zimboy Ahmedov hisobni ochdi. Ta`kidlash kerak, u so`nggi mavsumlarni aynan Namanganda o`tkazgandi.

Shundan so`ng o`yinda tashabbus mezbonlar tomoniga o`tdi.

Ammo, andijonliklar himoyada mustahkam turishdi va ko`p hollarda ular o`yinni cho`zishga harakat qilishdi. Biroq, o`yinning 79-daqiqasida “Navbahor”ning zaxiradan tushgan yarim himoyachisi Aziz Ibragimov javob to`pi muallifiga aylandi va uchrashuv 1-1 hisobida yakunlandi. Bu bilan “lochinlar”ning g`alabasiz seriyasi uchta o`yinga etdi va e`tiborlisi, ular ana shu o`yinlarning ikkitasini o`z maydonida o`tkazib, qimmatli ochkolarini boy berdi. O`tgan turda “Metallurg” bilan nursiz durang qayd etgan “Navbahor” bu safar autsayderlar qatorida borayotgan “Andijon”ni mag`lub etolmadi. Bu ketishda Andrey Kanchelskisga ham chiqish eshiklari ko`rsatiladi chog`i.

e12e2d3c-355c-4f5d-9b41-32e599b27e03.jpg

Bekobodda o`tgan “Metallurg” – “Bunyodkor” bahsida Vadim Abramov shogirdlari muhim va ishonchli g`alabaga erishdi. Avvaliga Nurillo To`xtasinov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Mirjahon Mirahmadov “Bunyodkor”ning ustunligini yanada mustahkamladi. “Metallurg” – “Bunyodkor” – 0:2. Bu g`alabadan keyin “qaldirg`ochlar” o`z ochkolari sonini 17taga etkazdi va 4-o`ringa ko`tarildi.

Samarqandda bo`lib o`tgan “Dinamo” – “Qizilqum” uchrashuvi gollarga boy bo`ldi. O`yin boshida, ya`ni 7-daqiqada mehmonlar vakili Alisher Sanoev hisobni ochdi. Biroq, oradan shuncha vaqt o`tib Vohid Shodiev muvozanatni tikladi.

2-taymning 7-daqiqasida yana Sanoev “Qizilqum”ni oldinga olib chiqadi. Lekin maydon egalari tushkunlikka tushmadi va o`yin oxirigacha hisobni tenglashtirishga erishdi. Bu safar Amirjon Safarov mezbonlar joniga oro kirdi. Shu tariqa “Dinamo” yana bir kambek qayd etdi va o`z ochkolarini 14taga etkazgan holda jadvalning qoq o`rtasida, ya`ni 7-pog`onani egallab turibdi.

Bugun superliga jamoalari 10-tur o`yinlarini davom ettirishadi. Yakshanba dasturidan o`rin olgan markaziy o`yin Qarshida “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o`rtasida o`tkaziladi. Shuningdek, bugun “So`g`diyona” – “Buxoro” hamda “Paxtakor” – AGMK jamoalari o`zaro kuch sinashadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA