Долзарб мавзулар Foto

Chirchiqdagi mashg`ulotlarda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo`q qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video
Добавлено: 09.06.2019, 16:19

Chirchiq dala-o`quv maydonida Mudofaa vazirligining maxsus bo`linmalari hamda Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo`q qilish bo`yicha o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tdi.

Mashg`ulotlarning asosiy maqsadi qo`qqisdan hujumga o`tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi. Dastlab yalanglik orqali hujumga o`tgan shartli dushman vertoletlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo`linmalar tomonidan qo`rshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to`sqinlik qilindi. Quruqlik orqali maxsus operasiya kuchlari engil zirhli texnikalarda ham etib kelib, qisqa muddat ichida “dushman”ni er tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuasiya qilish bo`yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA