Ташкент +4° Fri 02:39
Долзарб мавзулар Foto

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 10.06.2019, 11:13

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 iyun kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqaevni kecha bo`lib o`tgan Qozog`iston Prezidenti saylovida ishonchli g`alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari Qozog`iston xalqi Qasim-Jomart Toqaevni keng qo`llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, uning mamlakat barqaror taraqqiyotiga va xalqaro nufuzini oshirishga hissasini yuksak baholashini yana bir bor namoyish etgani, amalga oshirilayotgan siyosat va eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil davom ettirilishiga qat`iy ishonchning ifodasi bo`lgani alohida ta`kidlandi.

Qozog`iston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O`zbekistonga ilk davlat tashrifi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga o`zaro intilishning tasdig`i bo`lib, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi sur`at bag`ishlagani qayd etildi.

Suhbat chog`ida Shavkat Mirziyoev va Qasim-Jomart Toqaev O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlikka doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Kelgusidagi, jumladan, ko`p tomonlama tashkilotlar tadbirlari doirasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

Prezidentlar O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta`kidladilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA