Долзарб мавзулар Foto

Giyohvandlik vositalari saqlanayotgan xonadon aniqlandi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 12.06.2019, 09:28

Bojxonachilar tomonidan giyohvand vositalarining aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxonachilari tomonidan Marhamat tumanida istiqomat qilayotgan fuqaro N.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxs o`z uyida 5 tup kannabis o`simligini parvarishlash bilan birga 0,48 gramm marixuana giyohvandlik moddasini ham saqlab kelayotgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA