Долзарб мавзулар Foto

Hushyor bo`ling: bankomat «urib» qolishi mumkin!

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.06.2019, 14:10

O`tgan shanba — 8 iyun kuni juda qiziq ish bo`ldi, deb yozmoqda andijonlik jurnalist Nurullo No``monov «Aldoqchi bankomat» maqolasida.

Naqd pulga ehtiyoj sezib, hamkasblar «Asakabank»ning Andijon shahrida «24/7» rejimida kunu tun xizmat ko`rsatuvchi, bir urinishda 5 million so`mgacha naqd pul «echib» olish mumkin bo`lgan shoxobchasiga bordik. Taxminan yigirmanchi bo`lib navbatga turdik.

E`tibor bersangiz, plastik kartasidagi mablag`ni naqdlashtirgan aksariyat mijozlar pulni sanamasdan kissaga urishadi. Chunki tasavvurimizda bankomat kompyuterlashtirilgan, aniq ishlaydi, aldamaydi, degan tushuncha bor. Bizdan oldin pul «echgan»lar ham balki shu o`yga borishganidan, ehtimol, navbati kelguncha kutib zerikkanidan, pulni sanamasdan cho`ntakka solib chiqib ketishdi. Ammo... bankomat ham aldarkan!

Navbatda turganlardan biri plastik kartasidan 400 ming so`m pul «echdi». Bankomat esa unga... 200 ming so`m sanab berdi. Mijoz pulning «cho`g`i» kamligini sezib, hammani hushyorlikka chorladi: «Odamlar, bankomatdan chiqqan pullarni sananglar!»

Shundan so`ng «eksperiment» boshlandi. Ajabki, «operasiya» bir xil davom etaverdi. 7 kishi plastik kartalaridan bankomatga 250 ming urib, 125 ming so`m, 200 ming urib, 100 ming so`m... qisqasi, teng yarmiga «echib» oldilar.

Shanba banklarda ish kuni emas. Aldangan mijozlar shovqin-suron ko`tarishdi. Zum o`tmay, mas`ul xodim etib keldi. Plastik kartalar tekshirildi. Bankomat hammani «aldabdi». Hisob-kitob joy-joyiga qo`yildi.

— Nega bunaqa bo`ldi?

Bu savolga bankomatga mas`ul bo`lgan mutaxassis izoh berdi: «Kassetalar almashib qopti!»

Tushundikki, bankomatning 10 ming so`mlik va 5 ming so`mlik kupyuralar solinadigan kassetalari o`rni almashib qolgan. Xatolikning asosiy sababi shu.

Ayni mavzuda bong urishdan maqsad — bankomatga tez-tez ishi tushadigan mijozlarni ogohlantirish, xolos. Plastik kartadan naqdlashtirdingizmi, pulingizni erinmay sanab qo`ying. Tag`in hisobingiz chiqmay, xunob bo`lib yurmang, «kassetalar almashib qolishi» mumkin!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA