Ташкент +4° Wed 10:36
Долзарб мавзулар Foto

Buyuk Britaniyada parnik gazlar miqdorini kamaytirish uchun qonunchilik kuchaytiriladi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 12.06.2019, 15:14

Buyuk Britaniya atrof-muhitga chiqarilayotgan parnik gazlar miqdorini 2050 yilgacha nol darajaga tushirish maqsadida qonunchilikni kuchaytirishni ma`lum qildi, deb xabar berdi Euronews.com nashri.

Birlashgan qirollik bosh vaziri Tereza Mey bu haqdagi tegishli qonunchilik tashabbusini parlamentga taqdim etmoqchi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya “Katta ettilik” davlatlari orasidan o`z oldiga ana shunday maqsadni qo`ygan ilk mamlakatga aylanadi. Bundan avval Britaniya hukumati parnik gazlar miqdorini 2050 yilda 1990 yildagi ko`rsatkich bilan solishtirganda, 80 foizga kamaytirishni o`z oldiga maqsad qilgandi. Zararli gazlar va chiqindilarsiz iqtisodiyotga o`tish trillion funt sterlingdan qimmatga tushishi aytilmoqda. Bu haqda Tereza Mey mamlakat moliya vaziri Filip Xemmondni ogohlantirgan. Ekspertlarning fikricha, yaqin o`n yil davomidagi iqlim o`zgarishi jarayonlari ko`plab mamlakatlarda yashash xavfsizligiga tahdid soladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes