Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston delegasiyasi onkologiya sohasida xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 07:23

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarining onkologiya sohasida hamkorlik bo`yicha xalqaro konferesiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston delegasiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Vengriya hukumati va Vengriya inson resurslari vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy byurosiga a`zo 53 mamlakatidan 200 nafarga yaqin vakil qatnashmoqda.

Konferensiyaning ochilishida ta`kidlanganidek, dunyoda saraton kasalligi ko`payib bormoqda. Buning yaqqol dalili, har yili 15 million nafarga yaqin insonda ushbu xastalik belgilari kuzatiladi va o`lim darajasi 9 million nafardan oshadi. Bunga aholining o`sishi bilan bir qatorda, atmosferaning konserogen moddalar bilan o`tkir ifloslanishi, geni o`zgartirilgan, jumladan, tabiiy bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlari iste`molining ko`payishi, jismoniy faollikning kamayishi kabi omillarni misol sifatida keltirish mumkin. Shu bois saraton xastaligi dunyo bo`ylab jiddiy ijtimoiy muammolardan biriga aylandi. Shu bilan birga onkologik kasalliklarning “yosharayotgani” ham jiddiy muammo bo`lib, o`lim ko`rsatkichi bo`yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan so`ng ikkinchi o`rinda turadi.

Afsuski, ushbu yo`nalish O`zbekiston uchun ham dolzarb. Mamlakatimizda hozirda 96 ming nafardan ziyod fuqaroda saraton kasalligi qayd etilgan. Har yili 20 ming nafardan ortiq saraton kasalligi tashxisi qo`yilmoqda. Bunda ko`krak bezi saratoni birinchi, oshqozon saratoni ikkinchi, bachadon bo`yni saratoni uchincha o`rinda turadi.

Yurtimizda, afsuski, saraton kasalliklarining yarmidan ko`pi kech bosqichlarda aniqlanadi. Masalan, 2015 yilda bemorlarning 50,9 foizi kasallikning III-IV bosqichlarida aniqlangan. Kasallikning kechki bosqichlarda aniqlanishining birinchi sababi aholining onkologik bilimi etarli emasligi sababli shifokorlarga vaqtida murojaat qilmasligi bo`lsa, ikkinchi tarafdan birlamchi va boshqa soha shifokorlarining onkologik ehtiyotkorligi pastligi sababli vaqtida tashxis qo`ya olmasliklaridir.

Shu kabi dolzarb muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan onkologik yordam ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash, aholining barcha qatlamini qamrab olish tizimini shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Sohani yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va etakchi klinikalar bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish va xorijning etuk mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimiz delegasiyasining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki ham xalqaro hamkorlik yo`nalishdagi yana bir muhim qadam bo`ldi.

Xalqaro konferensiyada Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti vakili Lide Lazer ta`kidlaganidek, saraton bilan kurashish muammolarining echimi turli mamlakatlar sog`liqni saqlash tashkilotlari sa`y-harakatlarini birlashtirgan holda uyg`un yondashuvni talab qiladi. Shuningdek, u O`zbekistonda saraton kasalligining oldini olish borasidagi sa`y-harakatlarga alohida to`xtalib, xususan, odam papillomasi virusiga qarshi vaksinasining davlat tomonidan joriy etillayotganini tarixiy ahamiyatga ega deya, yuksak baholadi. Bu esa kelajakda inson papilloma virusining keskin kamayishiga xizmat qilishini e`tirof etdi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA