Ташкент +4° Wed 09:36
Долзарб мавзулар Foto

Faxriylar – e`tibor va e`zozda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 07:26

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan keksalarga, mo``tabar faxriylarga yuksak e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilanib, bu borada keng ko`lamdagi xayrli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ta`kidlash joizki, bojxona organlarida uzoq yillar davomida fidoyilik bilan xizmat qilib, ayni paytda nafaqaga chiqqan bojxona faxriylari ham doimiy e`tiborda.

Ushbu yo`nalishda 2001 yilda o`z faoliyatini boshlagan O`zbekiston bojxona xizmati faxriylari Uyushmasi tomonidan ham o`tgan davr mobaynida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Davlat bojxona qo`mitasida o`tkazilgan Uyushmaning umumiy yig`ilishida ham bojxona faxriylariga ko`rsatilayotgan e`tibor va g`amxo`rlik xususida so`z yuritildi.

Umumiy yig`ilishdaishtirok etgan Davlat bojxona qo`mitasi Raisi M.Azimov bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida bojxona organlarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, yurtimizda keksa va faxriylarga ko`rsatilayotgan e`tibor haqida to`xtalib, yosh bojxonachilarning o`z kasbiga sodiq va halol xizmat qilishlaridakatta hayotiy tajribaga ega bo`lgan bojxona faxriylarining o`rni beqiyos ekanligini ta`kidladi.

Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti hamda hududiy bojxona boshqarmalarida faxriylar ishtirokida o`tkazilayotgan ma`naviy ma`rifiy tadbirlar ham aynan ushbu ezgu maqsadgaxizmat qiladi.

Shundan so`ng Uyushma boshqaruvi raisi Dehqonboy Kudriddinov uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, umumiy yig`ilishda ishtirok etgan bojxona faxriylariga batafsil ma`lumot berdi.

Xususan, Uyushma tomonidan Vatanimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an`ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini chuqur singdirish masalalariga muhim e`tibor qaratilib, tarbiyaviy, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda 60 ta uchrashuv va davra suhbatlari o`tkazildi. Ularda 1300 dan ortiq bojxona xodimlari, tinglovchilar,350 dan ortiq faxriylar ishtirok etdilar.

Davlat bojxona qo`mitasiningBojxona institutida bojxona tizimi uchun kadrlar tayyorlash ishiga ko`maklashish, tinglovchilarningVatanga sadoqatli bo`lish, milliy bojxona tarixi va an`analari ruhida tarbiyalash, iqtidorli, a`lochi tinglovchilarni rag`batlantirish orqali Institutda ta`lim jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida 2015 yilda Uyushmaning “Namunali bojxona tinglovchisiga” Ko`krak nishoni hamda Ko`chma vimpeli ta`sis etilgan.

O`tgan davrda Bojxona instituning o`quv yili yakuni bo`yicha Ko`chma vimpel va Ko`krak nishoniga sazovor bo`lgan 24 nafar tinglovchilariga topshirildi, ularning ota-onasiga Uyushmaning Minnatdorlik xati yuborildi.

Bojxona tizimi samarali xizmat qilib, ayni paytda nafaqada bo`lgan, faol bojxona faxriylarini rag`batlantirish, ularni Uyushma faoliyatiga jalb etish boshqaruvningdiqqat-e`tiborida bo`lmoqda.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi PrezidentiningFarmoniga binoan ta`sis etilgan“O`zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni” bilan 13 nafar,“O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishoni bilan 10 nafar, “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan 15 nafar bojxona faxriylaritaqdirlandilar.

Mamlakatimiz iqtisodiymanfaatlarini himoya qilishda munosib hissa qo`shgan 3 nafarbojxona faxriylari Davlat bojxona qo`mitasining “Faxriy Bojxona xodimi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni, Vatan himoyachilari kuniva “Navro`z” umumxalq bayrami va boshqa milliy bayramlarmunosabati bilan Davlat bojxona qo`mitasiRaisi buyrug`i bilan,mamlakatimiz iqtisodiymanfaatlarini himoya qilishda munosib hissa qo`shgan25 nafarbojxona faxriylari Davlat bojxona qo`mitasining “Faxriy yorlig`i”, 20 nafari“O`zbekiston bojxona xizmati” rangli kitob-albomi,Uyushma boshqaruvining qarori bilan 80 nafar faxriy, Uyushmaning “Faxriy yorlig`i” bilan taqdirlandilar.

9 may - “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan faxriylar Uyushmasi va uning joylardagi bo`limlari,bojxona tizimining barcha tuzilmalari bilan hamkorlikda, an`anaga ko`ra har yili bir qator tashkiliy-amaliy va xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Chunonchi, kasal bo`lib davolanayotgan faxriylar holidan xabar olinib, ulargamoddiy yordam ko`rsatilmoqda. Yolg`iz pensioner va nogironlar, kam ta`minlangan ehtiyojmand bojxona faxriylariga, xizmatni o`tash chog`ida halok bo`lgan xodimlari oila a`zolariga mehr-muruvvat ko`rsatilib, ularning ko`ngli ko`tarildi. Bojxona tizimida uzoq yillar xizmat qilib, kasalligi tufayli vafot etganlarning oila a`zolariholidan xabar olindi.

O`tgan davrda Uyushma boshqaruvi tomonidan hududiy bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy yordam ko`rsatish borasida ham ishlar olib borildi. Jumladan, Uyushmaning Namangan, Xorazm viloyati bo`linmasiga xizmat safari uyushtirilib, “E`zoz va e`tibor” guruhlarifaoliyatni yaxshilash bo`yicha tavsiyalar berildi.

Uyushma tavsiyalari asosida joylarda ham turkum muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, hududiy bojxona boshqarmalarida keksa faxriylar va xizmatni o`tash paytida halok bo`lgan xodimlar oilalarini otaliqqa olish maqsadida “E`zoz va e`tibor” guruhlari a`zolari navbat bilan yoshietmishdan oshgan faxriylar, xizmatni o`tash paytida halok bo`lgan xodimlar oilalari holidan xabar olmoqdalar, ularga ko`makdosh bo`lmoqdalar.

Milliy bojxona tizimining shakllanishi, rivoj-ravnaqi va takomillashishi haqida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borishda faol ishtirok etib kelayotgan Uyushma a`zolarini, faol bojxona faxriylarinimukofotlash maqsadida Faxriylar Uyushmasining“O`zbekiston bojxona faxriysi” ko`krak nishoni ta`sis etilib, 90 nafar bojxona faxriylari ushbu ko`krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Umumiy yig`ilishda tashkiliy masalalar ham ko`rildi. Xususan, bojxona faxriylari orasidan Uyushmaning Boshqaruv a`zoligiga,Uyushma Nazorat-taftish komissiyasi a`zoligiga nomzodlar saylandi.

Uyushmaning Boshqaruv a`zolari orasidan Uyushma boshqaruvi raisligiga saylangan D.Kudriddinov o`z ma`ruzasida davlatimiz tomonidan faxriylarga ko`rsatilayotgan e`tibor va g`amxo`rlik uchun minnatdorlik izhor etib, bojxonafaxriylari bundan buyon ham o`zlarini hayotiy va kasbiy tajribalarini yosh bojxonachilarni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash ishiga safarbar etishlarini ta`kidladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes