Долзарб мавзулар Foto

Endi qarindoshlar ham yarashtirilmoqda

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 12:03

Bag`dod tumanining Samandarak qishlog`ida yashovchi Yuldashevlar oilasi 2017 yilga qadar ahil-inoq yashab kelishayotgan edi. Oila boshi Yuldashev O`ktamjon vafotidan so`ng aka-uka va amaki jiyanlar o`rtasida hovlini egallash bo`yicha mojarolar boshlanib ketdi. Ahil oila devori o`rtadan bo`linib, marhum aka-ukaning farzandlari ikki tarafdan hovliga egalik qilish uchun sudma-sud yugura boshlashadi.

Xususun, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudi kassasiya instansiyasining 12.03.2019 yildagi 4-96/19-sonli ajrimga asosan Samandarak qishlog`i Hunarmandlar ko`chasi 12a-uyning 1, 2, 4, 5-xonalari, ayvonning 34,75 m2 qismi, veranda, darvozaxona, bostirma, molxona, naves, devorning 31.5 metr qismi Adxam Ergashevning foydalanishida hamda 3, 6, 7, 8-xonalar, ayvonning 33,55 m2 qismi, hojatxona va devorning 28.4 metr qismi Muhriddin Yo`ldoshevning foydalanishiga qoldirilgan.

Shuningdek, fuqarolik ishi bo`yicha javobgar A.Ergashevdan da`vogar M.Yo`ldoshev foydasiga 13 mln. 322 ming so`m kompensasiya undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Bag`dod tumani bo`limiga 05.04.2019 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan.

Byuro xodimlari Ergashevlar xonadoniga meros mulkni bo`lish va konpensasiya undirish uchun bir o`zlari tashrif buyurishmadi, balki Bag`dod tuman imom xatibi, mahalla faollari bilan birgalikda kirib borishdi. Ergashevlarga oila a`zolari berilgan pand-nasihatlar tufayli A.Ergashevdan M.Yo`ldoshev foydasiga 13 mln. 322 ming so`m kompensasiya puli to`liq undirib berildi va va u merosni bo`lish fikridan qaytdi. Asosiysi, qarindoshchilik rishtalari saqlab qolinib, oila a`zolari yarashtirilishiga muvaffaq bo`lindi.

Bo`lim tomonidan yuritish ijro ishi tamomlanib sudga qaytarildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA