Долзарб мавзулар Foto

Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga jo`nab ketdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 13:12

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahriga jo`nab ketdi.

Sammitda a`zo mamlakatlar o`rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikasiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muloqotlar yakunida Bishkek deklarasiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.

Prezidentimizning xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazishi ham rejalashtirilgan.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA