Ташкент +4° Wed 10:36
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda ilk “bitiruvchilar jamg`armasi” tashkil etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 13:27

Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yuksak salohiyatli konchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Navoiy davlat konchilik institutida yangi jamg`arma – bitiruvchilar jamg`armasi tashkil etildi.

Mazkur jamg`arma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Ta`lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag`lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg`armasini tashkil etish to`g`risida”gi qaroriga asosan tashkil etildi va Jamg`arma nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg`arma mablag`lari iqtidorli, bilimli o`quvchi va talabalarning o`z bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur bo`ladigan o`quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar xarid qilish, iqtidorli, bilimli talablarning o`z ustida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qo`llab- quvvatlash va rag`batlantirish, talabalarning tumanlar, vilyaotlar , respublika va xalqaro miqyosida o`tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirokini ta`minlash,, kam ta`minlangan oilalar va etim bolalar toifasiga kiruvchi o`quvchi va talabalarni moddiy qo`llab-quvvatlash kabi qator maqsadlarga yo`naltirilishi ko`zda tutilgan.

— Bugungi kunda oliygohda 300 dan ortiq professor o`qituvchilar 3000 dan ziyod talabalarga ta`lim bermoqda,- dedi NKMK Bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori, senator, O`zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov. — Oliygohimizdan yuksak ilmiy salohiyat egalari chiqqan. Yosh fan doktorlari, yosh akdemiklar bilan bugun halqli ravishda faxrlanamiz. Konchilik institutini bitirgan 1000 dan ortiq kadrlarning 258 nafari bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilmoqda. Oliygohni doimo qo`llab turamiz. Yangi zamonaviy binoga ega bo`lgan institutga yaqinda 6 million AQSh dollariga zamonaviy laboratoriya jihozlari sotib olindi, 2 milliard so`mlik kompyuter jihozlari olindi. Pedagoglarni rag`batlantirish uchun kombinat tomonidan 11 milliard so`m ajratildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatidek ulkan salohiyatli korxona negizidagi institutni, pedagog o`qituvchilarni, talabalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qurbimiz etadi. Ammo Yurtboshimiz ta`kidlaganidek, ilm fan yutuqlari- taraqqiyotning muhim omili ekan, ilmiy salohiyatni yanada kuchaytirish uchun har yili o`nlab kitoblarni tarjima qilish va qo`llanmalar chiqarishga to`g`ri keladi. Hozirgi kunda kutubxonamizda 20 ming nomli elektron kitoblar hamda 200 ming turdagi kitoblar bor.Bugun tuzilgan jamg`arma mablag`larini aynan ana shu maqsadlarga kitoblarni ko`paytirishga sarflasak ayni muddao bo`ladi, deb o`ylayman.

Q. Sanoqulovning taklifiga binoan oliygohda Bitiruvchilar kengashi ham tuzildi.

— Bu ma`rifat tashabbusiga chin yurakdan qo`shilamiz, — deydi texnika fanlari doktori, Federal davlat avtonom ta`lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali direktori. Evroosiyo konchilik fanlari akademiyasining eng yosh akademigi. Farhodbek UMAROV.- O`rta Osiyodagi yagona oliy ta`lim dargohi bo`lgan Navoiy davlat konchilik institutining birinchi bitiruvchilaridan biri ekanligim bilan faxrlanaman. Bitiruvchilar kengashiga ham a`zo bo`ldim. O`zim tahsil olgan qadrdon dargohimdan, ustozlarimdan hayotda erishgan barcha yutuqlarim uchun minnatdorman.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes