Ташкент +4° Wed 09:36
Долзарб мавзулар Foto

Yodju texnika instituti ishga taklif etadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 13:36

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o`qituvchilar va malakali mutaxassislarni kadrlar tayyorlashda ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ishga taklif etadi:

«Arxitektura va shaharsozlik»;

«Qurilish»;

«Alternativ energiya»;

«Turizm»;

«Biznesni boshqarish»;

«Xalqaro marketing»;

«Xalqaro iqtisodiy aloqalar»;

«Koreys tili filologiyasi»;

«Boshlang`ich ta`lim»;

«Maktabgacha ta`lim»;

«Go`zallik estetikasi va liboslar dizayni».

Talablar:

  • oliy ma`lumot, ilmiy daraja bo`lsa maqsadga muvofiq;
  • kirishimli bo`lish, zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish;
  • o`zbek yoki rus tilini mukammal bilish, ingliz tilida erkin muloqot qilish.

Qo`shimcha imtiyozlar:

  • professional va kareraning o`sish imkoniyati;
  • stajirovka va malaka oshirish kurslaridan o`qish imkoniyati (shu jumladan chet elda);
  • oylik maoshni individual tarzda belgilash;
  • mukofotlashning turli mexanizmlari;
  • haftada besh kunlik ish kuni.

Tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar 2019 yilning 20 avgustidan boshlab rezyumelarini hr@ytit.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun kontaktlar:

Telefon: +998(78) 129-40-40 (ichki 114; 129; 123).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes