Ташкент +4° Wed 09:36
Долзарб мавзулар Foto

“AgroExpo Uzbekistan/Agrotech Expo-2019” ko`rgazmacida Germaniya delegasiyasi ishtirok etdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 13:41

Joriy yilning 12 iyun kuni «O`zekspomarkaz» MKKda Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi vazirligi Parlamenti Davlat kotibi M.Shtyubgen boshchiligidagi Germaniya hukumat delegasiyasi “AgroExpo Uzbekistan/Agrotech Expo-2019” ko`rgazmalarida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir doirasida shu kunning o`zida O`zbekiston-Germaniya Hukumatlararo ishchi guruhining Qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha ikkinchi yig`ilishi o`tkazilib, unda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri J.Xodjaev va Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi vazirligi Parlamenti Davlat kotibi M.Shtyubgen rahbarlik qildi. Ushbu ishchi guruhining birinchi yig`ilishi 2018 yilning yanvar oyida Berlinda o`tkazilgan edi. Unda qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi. Yig`ilishda O`zbekiston-Germaniya o`rtasida qishloq xo`jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir kelishuvlarga erishildi.

"AgroExpo Uzbekistan" ko`rgazmasi doirasida Germaniya qishloq xo`jaligi jamiyati (DLG e.V.) ozuqa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sut va kartoshkani qayta ishlash, xalqaro savdo standartlari, gigiena talablari, sifat ko`rsatkichlari, tashqi bozorga chiqish uchun shartlar kabi masalalarda xalqaro ekspertlarni bir joyga jamlashga muvaffaq bo`ldi.

Germaniya tomoni ushbu tadbirda mamlakatning etakchi nemis tadqiqot institutlari va mamlakat agrosanoat sektorining 10 ta kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Xususan, O`simlik xilma-xilligini muhofaza qilish federal ofisining prezidenti Udo fon Kryoxer, Federal xavfni baholash instituti prezidenti, professor dr. Andreas Xenzel, O`tish davri mamlakatlarida qishloq xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha Laybnis instituti direktori, professor dr. Tomas Glauben, Germaniyaning qishloq xo`jaligi jamiyati vakillari, shuningdek, «Kronen», «SolanaGmbH&CoKG», «AgrokraftGmbH», «Petkus», «MASTERRINDGmbH»kabi kompaniyalar ishtirok etdi.

Germaniya tomoni o`zbekistonlik sheriklar bilan qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati, ta`lim, tadqiqot, standartlashtirish, chorvachilik, o`simliklarni etishtirish, urug`chilik, asalarichilik, xalqaro ko`rgazmalarda o`zaro ishtirok etish kabi sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yishdan manfaatdor.

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes