Долзарб мавзулар Foto

Poytaxtimizda yirik mintaqaviy forum o`z ishini boshladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 14:06

Avval xabar qilganimizdek,13 iyun kuni poytaxtimizdaVI KAMKA (Markaziy Osiyo, Mo`g`uliston, Kavkaz va Afg`oniston)mintaqaviy forumi o`z ishini boshladi.

Mazkur anjuman Ramsfeld Fondi (AQSh), Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (AQSh) hamdaKAMKAtarmog`i a`zolari tashabbusi bilan o`tkazilmoqda.

Tadbirda 20 dan ortiq mamlakatdan 80 dan ortiq ekspertlar,turli sohalarning mutaxassislari va rahbarlari,yirik tadbirkorlar, kompaniyalar, ilmiyjamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda.

O`zbekistonda o`tayotgan forum«KAMKA: mushtarak manfaatlar – mushtarak intilishlar» mavzusiga bag`ishlangan. Forum xalqaro savdo aloqalari, transportva tranzit yo`laklari, mintaqada biznes yuritish va sarmoya kiritish bo`yicha mavjud imkoniyatlar, geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlik va innovasiyalavrni rivojlantirish, inson kapitali va ta`limni rivojlantirish tashabbuslari singari mavzularga bag`ishlangan yalpi majlislar, ma`ruzalar, bahs-munozaralarni o`z ichiga oladi.

Forumning ochilishida so`zga chiqqanlar ta`kidlanganidek, ushbu anjumanKatta Markaziy Osiyo mintaqasida (Afg`oniston, Armaniston, Gruziya, Mo`g`uliston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston) hududiy o`sish va rivojlanish muammolarini muhokama qilishda hamkorlik maqsadlariga asoslangan platformavazifasini bajaradi.

Sodiq Safoev, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari:

–So`nggi o`n yillikda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning dunyo miqyosidagiroli keskin o`zgardi. Biz ushbu mintaqaning global jarayonlarning muhim ishtirokchisiga aylanganiga guvoh bo`ldik.

O`tgan ikki yil ichida mintaqada bir qator yangi o`zgarishlar yuz berdi, shu jumladan O`zbekistondagi fundamental o`zgarishlar. Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida mamlakatni chinakam siyosiy va iqtisodiy modernizasiyalashni ta`minlashga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar boshlandi.

Bugungi kunda KAMKA mintaqasi zamonaviy dunyo sivilizasiyalarining to`qnashgan muhim nuqtasida joylashgan. Aminmanki, Forum mintaqa xalqlari o`rtasidagi muloqotga o`z hissasini qo`shadi.

Frederik Starr, Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti raisi:

–So`nggi olti yil mobaynida KAMKA Forumi Markaziy Osiyo va Kavkazdagi barcha mamlakatlardan yosh etakchilar, ishbilarmon doiralar, davlatlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillarining uchrashuvlari uchun platformaga aylandi. Toshkentdagi Forum u ta`sis etilganidan beri eng katta va eng muvaffaqiyatli tadbir bo`lishi kutilmoqda. Ma`ruzachilar mintaqadagi davlatlarda sodir bo`layotgan jarayonlar haqidagi qarashlari bilan o`rtoqlashishadi, shuningdek mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo`yicha mavjud imkoniyatlarni tahlil qilishadi.

Sara Tonuchchi,Ramsfeld Jamg`armasi ijrochi direktori:

–Ko`zga ko`ringan ishtirokchilar qatorida, Forum mintaqaviy hamkorlikni turli sohalarda rivojlantirishga qiziqqan professionallarning uchrashuv joyiga aylandi, shuningdek mintaqada hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni o`rganishga manfaatdor bo`lgan boshqa davlatlar, xorijiy ishbilarmon doiralari va tashkilotlari vakillarini jalb qilmoqda.

Qayd etish lozimki, 2014 yildan beri mazkur forumda jami 150 dan ortiq yirik kompaniya vakillari ishtirok etishgan. Ayni damda forum doirasida mintaqada investisiya muhitini yaxshilash istiqbollari, mintaqaviy muvofiqlashtishi modellari, moliyaviy aloqalar va iqtisodiy o`sish masalalari singari mavzularga bag`ishlan sho``ba yig`ilishlari bo`lib o`tmoqda.

Forum ertaga, 14 iyun kuni o`z ishini yakunlaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA