Долзарб мавзулар Foto

Ravshan Ermatov O`zbekiston futboliga rahbarlik qiladi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 14:48

FIFA referisi Ravshan Ermatov O`FA birinchi vise-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, tez orada O`FA ijroqo`mining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko`rsatilishi aytilmoqda.

Ma`lumot uchun, O`FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o`zbek futboliga O`FAda birinchi vise-prezidenti javob beradi.

Eslatib o`tamiz, oldinroq O`FA birinchi vise-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov iste`foga chiqarilgani haqida xabar bergandik. O`FA rasmiy saytiga ko`ra, Ahmadjonovning o`zi ariza yozgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA