Ташкент +4° Mon 05:33
Долзарб мавзулар Foto

53 million so`m 2030 yilgacha bo`lgan aliment pullarini to`lashga etarli bo`ldi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 16:10

Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudiniig 07.08.2013 yildagi qaroriga asosan, qarzdor B.B.dan 1 nafar voyaga etmagan farzandi uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo`limi ish yurtuviga 19.08.2018 yilda kelib tushgan bo`lib, shu kunning o`zida “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Qarzdor ota uning O`zbekiston hududidanxorijga chiqishiga cheklov qo`yilganligini yaxshi biladi. Xoxlagan taqdirida ham xorijga chiqib keta olmasligini ham biladi. Byuroning Sergeli tuman bo`limi davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishidan qarzdor ota B.B. to`g`ri xulosa chiqarib,1 nafar voyaga etmagan farzandining 18 yoshgacha bo`lgan, ya`ni 2030 yilgacha 135 oy to`lanishi lozim bo`lgan 52.922.700 so`m aliment pullarini oldindan to`lab berdi. Bu bilan mazkur alimentijro xujjatining ijrosi to`liq ta`minlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes