Долзарб мавзулар Foto

Ummonda neft tankeriga hujum uyushtirildi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 13.06.2019, 17:15

Ummon ko`rfazida ikkita neft tankeriga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.

Taxminlarga ko`ra, tankerlar torpeda hujumidan shikastlangan.OAV xabarlariga ko`ra BAA Al- Fujeyra amirligi qirg`oqlari yaqinida bo`lgan kemalarda portlash ro`y berib, yong`in yuzaga kelgan. Kema ekipaj a`zolari bo`lgan jami 44 nafar kishi Eron sohilbo`yi xizmati tomonidan qutqarib qolingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.

Ma`lumotlarga ko`ra, kemalardan biri Norvegiyaning “Frontlayn” kompaniyasiga tegishli bo`lgan va unda rus dengizchilari xizmat qilishgan. Mazkur xabarni Rossiya tashqi ishlar vazirligi tekshirmoqda. Ushbu xabar ortidan dunyo fond birjalarida neft narxi ko`tarila boshladi. Londondagi ICE Futures birjasida Brent markasidagi neft narxi 1,8 dollarga ko`tarildi (3 foiz)va bir barrel uchun narx 61,77 dollarga etdi. Shu yilning 12 mayida BAA qirg`oqlari yaqinida 4ta neft tankeriga (BAA, Saudiya Arabistoni va Norvegiya) hujum uyushtirilgan edi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA