42

ShHTning Bishkek sammiti boshlandi

Siyosat 14.06.2019, 13:31
720
ShHTning Bishkek sammiti boshlandi

Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o`n to`qqizinchi majlisi boshlandi.

Suratga tushish marosimidan so`ng tor doiradagi uchrashuv o`tkazildi.

Majlisni Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ochdi.

Sammitda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Mamlakatimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari tuzilmaning xalqaro nufuzini oshirish, hamkorlik qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2018 yil iyunda Sindaoda o`tgan sammitda ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga murojaati hamda uni amalga oshirish bo`yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi. Sentyabrda esa Toshkent shahrida ShHTga a`zo mamlakatlar temir yo`l idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi o`tkazildi.

Yana shunday tashabbuslarga muvofiq, Samarqand shahrida «Ipak yo`li» turizm xalqaro universiteti, Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikasiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo`yicha dolzarb fikrlar bildirdi.


Комментарии