Му5
46

Bangladesh bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Siyosat 15.06.2019, 10:24
723
Bangladesh bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 iyun kuni tongda Dushanbe shahridagi o`ziga ajratilgan qarorgohda Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

Savdo, investisiyalar, qishloq xo`jaligi, turizm va gumanitar sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajadagi aloqalarni faollashtirish va qo`shma tadbirlar o`tkazish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi OHIChK sammitidan so`ng O`zbekiston madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish uchun mamlakatimizga tashrif tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.


Шарҳлар