Му5
46

Hindistonda yuqumli kasallik tarqaldi

Dunyo 18.06.2019, 15:56
1697
Hindistonda yuqumli kasallik tarqaldi

Hindiston sharqida o`tkir ensefalit sindromi tufali bolalar ommaviy ravishda halok bo`lmoqda. Shu munosabat bilan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistondagi O`zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko`rishni tavsiya etmoqda.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra Bixarda shtati Muzaffarpur okrugida shu oyning o`zida halok bo`lganlar soni 100 nafardan ortib ketgan. Umumiy hisobda esa kasallik alomatlari bilan 440 nafar bola shifoxonalarga yotqizilgan. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish choralarini ko`rmoqda.

OAV xabarlariga ko`ra, hududda kuzatilayotgan jazirama issiq va nam havo kasallikning tarqalishiga asosiy sabab bo`lmoqda. o`tkir ensefalit sindromi (AES) o`tkir virus kasalligi bo`lib, u bemorda yuqori harorat, bosh og`rig`i va shaytonlash kabi belgilarni namoyon qiladi. Ushbu kasallikdan asosan bolalar va keksalar aziyat chekishmoqda. Bixarda bir necha haftadan buyon jazirama issiq kuzatilmoqda. Havo harorati ko`rsatkichlari 40 darajadan pastga tushmayapti.

Шарҳлар