Ташкент +4° Sun 19:21
Долзарб мавзулар Foto

UEFAning sobiq rahbari hibsga olindi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 18.06.2019, 16:22

Xorij matbuoti tarqatgan xabarlarga ko`ra, UEFAning sobiq prezidenti, fransiyalik mashhur mutaxassis Mishel Platini JCh-2022 mezbonligini aniqlashda korrupsiyaga yo`l qo`yilgani bo`yicha o`tkazilayotgan surishtiruv ishi doirasida Fransiyada hibsga olindi.

63 yoshli sobiq futbolchi va amaldor aksilkorrupsiya boshqarmasiga olib kelingan.

Eslatib o`tamiz, Qatar mamlakati 2010 yilning dekabr oyida FIFA ijroiya qo`mitasi yig`ilishi qaroriga ko`ra 2022 yilgi mundial mezbonligini qo`lga kiritgan edi. Ana o`shandayoq ingliz matbuoti ushbu jarayonda korrupsiyaga yo`l qo`yilgani haqida bong urgandi. Xabarlarda qayd etilishicha, ijroqo`mda ovoz berish huquqiga ega bo`lgan ayrim amaldorlar Qatar hukumati vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olishgan.

Avvalroq Platini joriy yilning oktyabrida 4 yillik taqiq tugashi bilan futbolga qaytishi va o`z nomini oqlashini ma`lum qilgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA