Му5
50

Qing`ir rejaning qiyig`i chiqdi

Jinoyat 19.06.2019, 10:04
769
Qing`ir rejaning qiyig`i chiqdi

Bojxona xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishining oldi olinmoqda.

Jumladan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida Farg`ona tumanida fuqaro M.Q. to`xtatilib, uning yonidagi qo`l yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu fuqaro salkam 28 million so`mlik 3 xil turdagi 2800 quti tamaki mahsulotlarini aylanmayo`llar orqali mamlakatimizga olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Шарҳлар