Му5
46

Jurnalist Jamol Qoshiqchining o`limi uchun javobgarlik Saudiya Arabistoni zimmasiga yuklandi (Video)

Dunyo 20.06.2019, 17:35
Теглар: Video
927
Jurnalist Jamol Qoshiqchining o`limi uchun javobgarlik Saudiya Arabistoni zimmasiga yuklandi (Video)

BMT jurnalist Jamol Qoshiqchi o`limi uchun ma`suliyat Saudiya Arabistoni zimmasida ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.

BMTning inson huquqlari va sudsiz jazolash bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Anes Kalamar mazkur holat bo`yicha hisobotni e`lon qildi. Kalamarning ma`lum qilishicha, Qoshiqchining o`ldirilishiga Saudiya valiahd shahzodasining aloqadorligi bo`yicha dalillar bor. Ammo yakuniy xulosani chiqarish uchun yana surishtiruv ishlarini olib borishga to`g`ri keladi. Maxsus ma`ruzachi rasmiy Ar-Riyodni Turkiya, AQSh va Jamol Qoshiqchining oilasidan kechirim so`rash, uning o`limida aybni tan olish va 11 kishi ustidan sud jarayonini to`xtatishga chaqirgan.

Ushbu holatga fikr bildirgan Turkiya prezidenti Rajeb Toyib Erdog`an Saudiya Arabistoning buning uchun javob berishi lozimligini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, jurnalist Jamol Qoshiqchi 2018 yilning 2 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulxonasida o`ldirilgan edi.


Шарҳлар

Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi. 
Jerar Deparde dunyo ahlini Sharq ertaklari bilan tanishtirish uchun O`zbekistonga keldi (Video)

19.11.2019, 16:34

Buxoro viloyatining boy sayyohlik salohiyati va Fransiyalik mashhur aktyor Jerar Depardening viloyatga tashrifi to`g`risida Rossiya telekanalining "Vesti" axborot dasturida maxsus reportaj efirga uzatildi.